UNDOSH TOVUSHLAR

UNDOSH TOVUSHLAR

UNDOSH TOVUSHLARogʻiz va boʻgʻiz boʻshligʻida turli toʻsiqlarga uchrab paydo boʻladigan, tarkibi fatsat shovqindan yoki ovoz va shovqindan iborat tovushlar. Ularning talaffuzida havo oqimi sirgʻalib yoki portlab chiqadi. Bu havo oqimi un paychalarini titratib yoki titratmay oʻtadi. Natijada turli jihatdan birbiridan farkli Undosh tovushlar hosil boʻladi. Dunyodagi har bir til oʻziga xos undoshlar tizimiga ega. Tildagi undoshlar tizimi konsonantizm (lot. consonans — undosh tovush) deyiladi. Undosh tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Mas, hoz. oʻzbek adabiy tilida Undosh tovushlar soni 25 ta boʻlsa, boshqa tillarda bundan kam (mas, turk tilida 17 ta) yoki ortiq boʻlishi mumkin. Bu miqdor rus tilida 34 tani, fin tilida 14 tani tashkil etadi.

Ensiklopediya.uz
UNDOSH TOVUSHLAR