UMARBEKOV

UMARBEKOV

UMARBEKOV Oʻlmas (1934.25.1 Toshkent — 1994.10.11) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1984). Urta Osiyo un-tining filol. ftini tugatgan (1956). Respublika televideniye va radioeshittirish davlat qoʻmitasida muharrir, bosh muxarrir (1956 —71), Oʻzbekiston K. P MKda sektor mudiri (1971—74), «Uzbekfilm» kinostudiyasi direktori (1971—81), Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari (1982—86), vaziri (1987— 89), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1985—89), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (1989—91). Ilk kitobi — «Hikoyalar» (1958). «Xatingni kutaman», «Yurak soʻzlari» (1960); «Boboyongʻoq» (1961), «Yulduzlar», «Menga ishonmaysanmi?» (1962), «Hayot abadiy» (1964), «Charos» (1966), «Koʻprik» (1968), «Bolgar qoʻshiklari», «Oltin yaproqlar» (1972), «Qiyomat qarz» kabi hikoyalarida kishilarning maʼnaviyaxloqiy goʻzalligini tasvirlashga, insonning jamiyat va tabiat oldidagi burchini, masʼuliyatini koʻrsatishga alohida eʼtibor bergan. «Bolgar qoʻshiqlari» (1972) turkum hikoyalari ham ixchamligi, dramatizmga boyligi, sheʼriyritmik xususiyatlari b-n ajralib turadi. Umarbekovning «Sevgilim — sevgilim» (1963), «Kimning tashvishi yoʻq» (1965), «Urush farzandi» (1972), «Yoz yomgʻiri» (1973), «Oq qaldirgʻoch» (1974) va b. qissalari janriy rangbarangligi, qahramonlar ruhiy olamining teranligi, badiiy tasvir usullarining takrorlanmasligi bilan diqqatga sazovor. «Odam boʻlish qiyin» (1970) va «Fotima va Zuhra» (1994) romanlarida yoshlar, kishilarning xulqatvorida koʻringan salbiy jihatlarni tasvirlash orkali sovet davri maʼnaviyatidagi kamchiliklar haqqoniy ochib berilgan.

Ensiklopediya.uz
UMARBEKOV