ULTRAMETAMORFIZM

ULTRAMETAMORFIZM

ULTRAMETAMORFIZM (ultra… va metamorfizm) — migmatitlar hosil boʻlishi kuzatiladigan regional metamorfizm. «Ultrametamorfizm» termini shved geologi P. Xolmkvist tomonidan (1909) kiritilgan. Ultrametamorfizm natijasida metamorfik jinslar (gneys, piroksenplagioklazli slanes va amfibolitlar) takroriy metamorfizmga uchraydi, 650—800° tra va 4—10 kbar litostatik bosimda granitlanish roʻy beradi. Bunda piroksenlar oʻrnini shox aldamchilar, uning oʻrnini esa biotit, plagioklazkaliyli dala shpati, kvars oladi va jinslarning umumiy kimyoviy tarkibi oʻzgaradi. Ultrametamorfizm jarayonida migmatitlar hosil qiladigan jinslarning granitlanishi anateksis (jinslarning issikdan erishi) ning kuchayishi va ularning uchuvchi komponentlarga toʻyingan nrrdon magma b-n oʻrin almashishi natijasida sodir boʻladi. Ultrametamorfizm geosinklinal harakatchan zonalar taraqqiyotining orogenik bosqichida uchraydi.

Ensiklopediya.uz
ULTRAMETAMORFIZM