OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ORDEN VA MEDALLARI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ORDEN VA MEDALLARI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ORDEN VA MEDALLARIOʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari. Ular bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari mehnat va jangovar xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun taqdirlanishlari mumkin. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi uchun xizmat koʻrsatgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham, ayrim hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar va harbiy boʻlinmalar, Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriyhududiy birliklari ham mukofotlanishi mumkin. «Davlat mukofotlari toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1995 yil 22 dek.)ga koʻra, orden va medallar Oliy Majlis tomonidan taʼsis etiladi, orden va medallar bilan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti takdirlaydi.

Ensiklopediya.uz
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ORDEN VA MEDALLARI