OʻNKURASH
OʻNKURASH — yengil atletikanij 10 turi boʻyicha erkak sportchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqa. Oʻnkurash musobaqalari 2 kun davom etadi: 1kun 100 m ga yugurish, uzunlikka sakrash, yadro irgʻitish, balandlikka sakrash, 400 m ga yugurish, 2kun 110 m ga toʻsiqlar osha yugurish, lappak uloqtirish, langarchoʻpda sakrash, nayza uloqtirish, 1500 m ga yugurish musobaqalari oʻtkaziladi. Sportchiga har bir turda koʻrsatgan natijasiga mos ochko yoziladi. Gʻolib barcha turdagi ochkolar yigʻindisiga koʻra aniqlanadi. Oʻnkurash 1912-yilda olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Jahonda Refer Jonson, Bryus Jenner (AQSH), Jeyms Tomson (Buyuk Britaniya), Roman Shebrle (Chexiya) kabi Oʻnkurash chilar yuqori natijalarga erishgan. Oʻzbekistonlik Nikolay Ovsyannikov, Vadim Kolobov, Ramil Gʻaniyev, Leonid Andreyev singari Oʻnkurash chilar xalqaro musobaqalarda gʻolib chiqishgan.
Ensiklopediya.uz
OʻNKURASH