FINIKIYA

FINIKIYA

FINIKIYA — Oʻrta dengizning sharqiy sohilidagi qad. viloyat. Rivoyatlarga koʻra, Finikiyaning aholisi Eritreya dengizi sohillaridan kelgan; ayrim finikiyalik tarixchilarning fikricha, finikiyaliklar Finikiyaning tub aholisidir. Mil. av. 5—4 ming yillikda Finikiya oʻzining qulay geografik joylashuviga koʻra, Mesopotamiya va Nil vodiysi aholisi b-n faol savdo-sotiq olib borgan. Mil. av. 2ming yillik boshlarida quldorlik shahardavlatlari: Ugarit (RasShamra), Sidon (Sayda), Beruta (Bayrut), (ArvadArad), Tir (Sur) va b. vujudga kelib, ular mil. av. 12-a. gacha Misr firʼavnlari qoʻl ostida boʻlgan. Mil. av. 13a. oxiri — 12-a. ning boshida Finikiya nihoyat Misr mustamlakasidan xalos boʻlgan. Mil. av. 1ming yillikda Finikiya Oʻrta dengiz sohil boʻyining Markaziy va Gʻarbiy qismini egallab, bu yerlarga kuplab finikiyalik savdogarlar va qaroqchilar kelishi avj olgan. Tasos o. da temir rudasi konlari ochilgan, Melkart xudosi ibodatxonasi va kichik qishloq bunyod etilgan. Atlantika okeaniga tutashgan Shim. Afrika soxillarida, Like, Ispaniyaning jan. kismida, Gades, Malaka, Seksi, Abdera, Sitsiliyada Motiya, Panorm va Sardiyada Nora sh. lari qad. koʻtargan.

Ensiklopediya.uz
FINIKIYA