XAYITQORA

XAYITQORA

XAYITQORA — kechpishar tarvuz navi. Butunittifoq oʻsimlikshunoslik i. t. intining Oʻrta Osiyo tajriba styasida yaratilgan. Palagi uzun, yon shoxlar va barglar soni koʻp. Barglari konus simon, rangi yashil, bir oz mayin tukli. Mevasi shakli teskari sharsimon, katta. Tusi toʻq yashil, baʼzan qoramtir. Poʻsti qalin (1,9—2,5 sm), qattiq. Yuzasi silliq, band tomoni sezilmas doʻngroq. Yerga tegib turgan joylari sargʻish jigarrang. Vazni 3,5—4,5 kg. Etining rangi kizil, sersuv, sershira, tarkibida 8,1% quruq modda va 7,2% qand bor. Hosili 120— 130 kunda pishadi. Hosildorligi 300— 320 s/ga. Tashishga va saqlashga chidamli. 1949-y. dan davlat ryoyestriga kiritilgan. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi.

Ensiklopediya.uz
XAYITQORA