Sovuq dush qabul qilishning foydalari
1. Qon aylanishi yaxshilanadi 2. Eng yaxshi antidepressant 3. Teri va sochlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 4. Kuch bag‘ishlaydi 5. Ruhiy quvvatni oshiradiSovuq dush qabul qilishning foydalari
DO`STLARGA ULASHING:
Sovuq dush tanada qon aylanishini tezlashtiradi. Bu yurak-qon tomir tizimi uchun foydali va qon bosimi oshishida, venalarning varikoz kengayishi kabi kasalliklarning oldini olishda yordam berishi mumkin. Miyada qon aylanishining tezlashishi esa uning benuqson ishlashiga xizmat qiladi.
Adrenalin oshishi va pereferik asab tolalari orqali sodir bo‘ladigan ko‘p sonli elektr impulslari tushkunlikka qarshi kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Sovuq ta’sirida simpatik asab tizimi faollashadi va organizmda tushkunlikni yo‘qotuvchi noadrenalin deb nomlanadigan kimyoviy modda ajralib chiqishi kuchayadi. Va bu tushkunlikni bartaraf etadi.
Soch sinishining oldini olish va jilolanishi uchun boshni sovuq suvda yuvish kerakligini eshitganmisiz? Issiq suv teri va sochlarni quritib yuboradi, sovuq suv esa egiluvchanlik xususiyatini oshiradi. Shuningdek, bosh terisi tirishishining oldini oladi.
Sport mashg‘ulotlardan so‘ng sovuq suvga sho‘ng‘iydigan yoki muzdek dush qabul qiladigan sportchilar keyingi mashg‘ulotlarda yanada yaxshiroq natijalarga erishishlari aniqlangan. Sovuq suv jismoniy zo‘riqqan organizmni tez tiklanishi va kuchga to‘lishiga yordam beradi.
Issiq suvni o‘chirib sovuq suvda cho‘milish yoki muzday daryoga sho‘ng‘ish jasorat va ruhiy tayyorgarlikni talab qiladi. Tanangizni bunday kutilmagan holatga qanchalik ko‘p tushirsangiz, u boshqa o‘zgarishlarga ham shunchalik oson ko‘nikib boradi. Qisqasi, irodangiz mustahkamlanadi!
Sovuq dush qabul qilishning foydalari