XALQARO TILLAR

XALQARO TILLAR

XALQARO TILLAR — turli davlatlar xalqlarining aloqa vositasi boʻlib xizmat qiladigan tillar. Tabiiy tillarga va sunʼiy tillarga boʻlinadi. Tabiiy Xalqaro tillarning xalqarolik vazifasi aniq boʻlsada, milliy yoki qabilaviy tillardan foydalanishga nisbatan ikkinchi darajali hisoblanadi. Sunʼiy Xalqaro tillarning xalqarolik vazifasi birlamchi hisoblansada, ular har doim ham roʻyobga chiqmagan, chunki bunday tillarning hammasi ham millatlararo aloqaaralashuv amaliyotida qoʻllanavermagan.

Ensiklopediya.uz
XALQARO TILLAR