XALQ SELEKSIYASI

XALQ SELEKSIYASI

XALQ SELEKSIYASI — seleksiyaning rivojlanish tarixidagi bir boskich va yoʻnalish; q. x. ekinlarining yangi nav, klon, payvandlarini hamda chorva mollarining yangi zotlari, guruxlarini nomaʼlum mualliflar, mirishkor dehqonlar va chorvadorlar tomonidan oddiy usullarda tanlab, saralab yaratilishi. Xalq seleksiyasi bir necha ming yillik tarixni oʻz ichiga oladi. Oʻrta Osiyo hududida koʻpgina madaniy ekinlar — bugʻdoy, arpa, sholi, meva, uzum, sabzavotpoliz ekinlari va b. bundan bir necha ming yil avval oʻstirilganligi maʼlum. Odamlar ekinlarni ekish, ularga ishlov berish bilan bir qatorda ular orasidan qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan nusxa, shakllarini tanlab, sakdab, koʻpaytirib borganlar va shu tariqa Xalq seleksiyasi paydo boʻlgan. Chorvachilikda ham ayerlar davomida tanlash va saralash asosida qoramol, qoʻy, echki, ot va tuyalarning qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan koʻplab noyob zotlari yaratilgan (xisori, saraji kuy zotlari, qorabayir, laqay ot zotlari, zebusimon sigar zotlari). Xalq seleksiyasi anʼanalari hoz. davrda xam ilmiy seleksiya usullari va muassasalari bilan yonmayon davom etib kelmoqda.

Ensiklopediya.uz
XALQ SELEKSIYASI