HULOKUIYLAR DAVLATI

HULOKUIYLAR DAVLATI

HULOKUIYLAR DAVLATI, El xonlar davlati — Yaqin va Oʻrta Sharqda Moʻgʻullar davlati tanazzulga uchrayotgan paytda tuzilgai davlat (1256—1353). Asoschisi Chingizxonnmng nevarasi Huloku. H. d. ga Eron, Afgʻo-niston va Turkmanistonning koʻp qismi, Zakavkazyening yarmidan koʻpi, Iroq va Kichik Osiyoning sharqiy qismi (Qizil Irmoq daryosigacha) kirgan. Hulokuiylar davlati hukmdorlari elxon unvoniga ega boʻlishgan. Gruziya, Trapezund imperiyasi, Koʻniya sultonligi, Kilikiya arman podsholigi, Kipr qirolligi, Kurtlar davlati H. d. ning vassali hisoblangan. Poytaxti dastlab Marogʻa, soʻng Tabriz, keyinchalik Sultoniya boʻlgan. Hulokuiylar davlati Chigʻatoy ulusi, Oltin Oʻrda, mamluklar va salibchilar bilan urush olib borgan. Hulokuiylar davlati Rim papasi, Genuya, Fransiya va Angliya qirollari bilan ittifoq tuzib Misrga qarshi urushgan, lekin magʻlubiyatga uchragan.

Ensiklopediya.uz
HULOKUIYLAR DAVLATI