TATARLAR

TATARLAR

TATARLAR — xalq, Tataristonning asosiy aholisi (1765 ming kishi, 1990y. lar oʻrtalari). RFning Boshqirdiston, Mari Respublikasi, Mordoviya, Udmurtiston, Chuvashiston respublikalari, Nijniy Novgorod, Kirov, Penza va b. viloyatlarida ham yashaydi. Shuningdek, turkiy tilda soʻzlashuvchi Sibir (sibir Tatarlar lari), Krim (qrim tatarlari) va b. qavmlarni ham Tatarlar deb atashadi. Umumiy soni — 6,71 mln. kishi. RFdagi umumiy soni (qrim Tatarlar idan tashqari) 5,52 mln. kishi (1990y. lar oʻrtalari). Tatar tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Dehqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilik bilan shugʻullanadi.

Ensiklopediya.uz
TATARLAR