TAʼMIRSHUNOSLIK

TAʼMIRSHUNOSLIK

«TAʼMIRSHUNOSLIK» — Toshkentdagi masʼuliyati cheklangan ochiq turdagi aksionerlik jamiyati. Oʻzbekiston madaniy yodgorliklarini asrash va taʼmirlash inti (1979—2003) negizida tashkil topgan (2004). «Taʼmirshunoslik» qad. shaharlarning tarixiy mintaqalarini oʻrganadi, qoʻriklanuvchi mintaqalar, tarixiy meʼmoriy va etnografik muzeyqoʻriqxonalar loyihasini tuzadi; tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq qiladi; meʼmoriy va mahobatli sanʼat yodgorliklarini asrash va taʼmirlash loyihasini ishlab chikadi. Oʻrta Osiyo moddiymadaniy yodgorliklarini asrash va taʼmirlashga doyr ilmiyuslubiy tavsiyanomalar beradi, taʼmirlash uchun qad. qurilish tafsilotlarini oʻrganadi va qayta tiklaydi; qoʻriqlanadigan mintaqada joylashgan mahobatli sanʼat yodgorliklari va taʼmirlash maydonlari loyihasini ishlab chiqarish «Taʼmirshunoslik» jamiyati i. t. lari va loyihalari asosida Registon ansambli, Shohizinda, Ichan qalʼa, Koʻhna ark va b. yirik meʼmoriy inshootlar taʼmirlandi, Koʻhna Urganch, Mare, Qirgʻiziston va Qozogʻistondagi meʼmoriy obidalarning i. t. va taʼmir loyihalari ishlab chiqilgan.

Ensiklopediya.uz
TAʼMIRSHUNOSLIK