TAROQLILAR

TAROQLILAR

TAROQLILAR (Ctenophora) — dengiz umurtqasizlari tipi. Tanasi shaffof, dildiroq, oval, tuxumsimon, choʻziq silindrsimon yoki boshqa shaklda. Tanasining bir uchida ogʻiz teshigi, 2uchida muvozanat organi (statotsist) joylashgan. Tana devori boʻshliqichlilar singari ektoderma va entodermadan iborat. Ektoderma bilan entoderma oraligʻida dildiroq mezogliy (strukturasiz qavat) boʻladi. Umumiy tuzilishi radial simmetriyaga moye keladi. Ogʻiz teshigi halqumga ochiladi; halqum oshqozon bilan bogʻlangan. Oshqozondan radial naylar tarqalgan. Bu naylar Taroqlilar tanasi chetiga kelib tana boʻylab joylashgan 8 qator meridional naylarga ulanib ketadi. Meridional naylar boʻylab qarakat organlari — 8 qator taroqsimon plastinkalar joylashgan. Har bir taroqsimon plastinka qator boʻlib bir-biriga yopishgan kiprikchalardan iborat.

Ensiklopediya.uz
TAROQLILAR