TUPROQSHUNOSLIK

TUPROQSHUNOSLIK

TUPROQSHUNOSLIKtuproq haqidagi fan; uning tarkibi, xossalari, kelib chiqishi, taraqqiyoti, geografik tarqalishi, unumli foydalanish usullari va unumdorligini oshirish yoʻllarini oʻrganadi. Tuproqshunoslik tabiiytarixiy fanlarga mansub boʻlib, tuproqni tabiat mahsuli, mehnat predmete, ishlab chiqarish. vositasi sifatida tadqiq etadi. Tuproqshunoslik iklimshunoslik, geomorfologiya, petrografiya, oʻsimliklar fiziologiyasi kabi boshqa tabiiy fanlar bilan uzviy bogʻliq. Q. x. da tuproq unumdorligini oshirish, sanoat oʻgʻitlarini qoʻllash, yerning meliorativ holatini yaxshilash, tuprok, eroziyasiga qarshi kurash va b. masalalarni hal qilishda, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Tuproq 18-a. oxirlaridan oʻrganila boshlandi. 19-a. oʻrtalarida tuproqni geologik hosila deb qarovchi agrogeologik yoʻnalish vujudga keldi. 19-a. oxirlarida V. V. Dokuchayev Rossiyada tirik va ulik tabiat xususiyatlariga ega tabiiytarixiy jins — tuproq toʻgʻrisidagi tushunchani asoslagan genetik Tuproqshunoslikni yaratdi. Tuproqshunoslikning agronomik yoʻnalishi (tuproq bilan oʻsimlik oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik, tuproq unumdorligi)ni P. A. Kostichev, geografik yoʻnalishi (tuproq kesmasining tuproq hosil boʻlish jarayoni bilan bogʻliq holda solishtirma tahlili)ni esa K. D. Glinka, N. M. Sibirsev va b. rivojlantirdi. Agronomik, oʻrmon va meliorativ Tuproqshunoslik — T. ningamaliy sohalaridir. 20-a. boshlarida Tuproqshunoslikning yangi — kimyoviy yoʻnalishi vujudga keldi. Bu yoʻnalishni tuproq kolloid kimyosi asoschisi K. K. Gedroys yaratdi.

Ensiklopediya.uz
TUPROQSHUNOSLIK