TAYMIR (DOLGANNENESLAR) MUXTOR OKRUGI

TAYMIR (DOLGANNENESLAR) MUXTOR OKRUGI

TAYMIR (DOLGANNENESLAR) MUXTOR OKRUGI — RF Krasnoyarsk oʻlkasi tarkibida. 1930-y. 30 dek. da tashkil etilgan. Okrug xududi butunlay qutbiy doira orqasida, Sharqiy Sibirning chekka shim. da, Taymir ya. o. da joylashib, gʻarbdan sharqqa 1200 km, shim. dan jan. ga 800 km masofaga choʻzilgan. Taymir (dolganneneslar) muxtor okrugi tarkibiga Kara va Laptevlar dengizlaridagi arxipelag va orollar ham kiradi. Mayd. 862,1 ming km2. Aholisi 39,8 ming kishi (2002), asosan, ruslar (67%), shuningdek, dolgan, nenes, nganasan, evenk millat vakillari va b. ham yashaydi. Taymir (dolganneneslar) muxtor okrugi hududida 1 shahar (Dudinka), 1 shaharcha (Dikson) bor. Markazi — Dudinka sh. Shahar aholisi 66,3%. T. m. o. hududidagi Norilsk sh. bevosita Krasnoyarsk oʻlkasi maʼmuriyatiga boʻysunadi.

Ensiklopediya.uz
TAYMIR (DOLGANNENESLAR) MUXTOR OKRUGI