Oxirgi 20 yilda eng ko`p o`limga olib kelgan kasalliklar ma`lum bo`ldi
O`limga olib keluvchi kasalliklar bo`yicha JSST tomonidan tadqiqot o`tkazildi. Natijalarga ko`ra, so`nggi 20 yil ichida odamlar yuqumli bo`lmagan kasalliklar: yurak-qon tomir kasalliklari, diabet va saraton kasalligidan ko`pchilik vafot etmoqda. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Quyida 2 yil kesimida eng ko`p o`limga olib kelgan kasalliklar bilan tanishishingiz mumkin (2019 yil bo`yicha):
- yurak ishemik kasalligi;
- surunkali obstruktiv o`pka kasalligi;
- quyi nafas yo`llari infeksiyalari;
- yuqumli kasalliklar;
- traxeya, bronxlar va o`pka saratoni;
- Alsgeymer kasalligi;
- diareya (yuqumli kasallik);
- qandli diabet;
- buyrak kasalligi.
Yurak ishemik kasalligi o`limning asosiy sababi bo`lib qolmoqda. Bu dunyodagi barcha o`limlarning 16 foizni tashkil qiladi. Bundan tashqari, so`nggi 20 yil ichida ushbu kasallikdan o`lganlar soni 2 milliondan oshib, yiliga qariyb 9 millionga etdi.
Eng xavfli yuqumli kasallik quyi nafas yo`llari kasalliklari bo`lib qolmoqda, shu jumladan virusli pnevmoniya (ko`pincha bu COVID-19 o`limiga sabab bo`ladi) ham.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Oxirgi 20 yilda eng ko`p o`limga olib kelgan kasalliklar ma`lum bo`ldi