Yurtimizda yangi yilning birinchi kuni qancha chaqaloq tug`ildi?

Yurtimizda yangi yilning birinchi kuni qancha chaqaloq tug`ildi?

2021 yilning 1 yanvar kuni, soat 18:00 holatiga ko`ra, mamlakatimizda 1086 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Yangi yilning birinchi kuni tug`ilgan chaqaloqlarning 564 nafari o`g`il bola, 522 nafari esa qiz bola bo`lib, eng ko`p bola hozircha Samarqand viloyatida (148 nafar chaqaloq) dunyoga keldi.

Shuningdek, yangi tug`ilgan chaqaloqlar reytingi bo`yicha Qashqadaryo viloyati (115 nafar) va Farg`ona viloyati (113 nafar) kuchli uchlikni yakunlagan.

Tug`ilganlarning 5 nafari esa egizaklarni tashkil qiladi. Ayni paytda shifokorlarimiz ularning barchasiga belgilangan standartlar bo`yicha sifatli tibbiy xizmat ko`rsatishmoqda.

Eslatib o`tamiz, yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlari mavjud birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko`rsatuvchi 2 369 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari, tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barcha 573 ta shifoxonalar, shoshilinch tibbiy yordam shifoxonalari va “tez yordam” xizmati muassasalari hamda ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning xududlardagi filiallari, shuningdek, tibbiyot oliy o`quv yurtlari klinikalari bilan bir qatorda mamlakatimizdagi 219 ta tug`ruq muassasalarida ham tibbiyot xodimlari navbatchilik asosida aholiga xizmat ko`rsatmoqda.

Ma`lumot uchun, O`zbekistonda 2019 yilning 1 yanvar kuni 1708 nafar, 2020 yilning shu kuni esa 1974 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Yurtimizda yangi yilning birinchi kuni qancha chaqaloq tug`ildi?