Koronavirus asoratlari surunkali hisoblanadi — olimlar

Koronavirus asoratlari surunkali hisoblanadi — olimlar

Dunyo olimlari tomonidan koronavirusda surunkali kasallik alomatlari borligini aniqlandi. Bu haqda Xalq so`zi onlayn xabar qilmoqda.

Koronavirusning surunkali asoratlari mavjudligi haqida Niderlandiya va Belgiya olimlari hamkorlikda o`tkazilgan tadqiqotlarda ma`lum bo`ldi.

Olib borilgan kuzatishlarda “Covid-19” bilan engil og`rigan ko`plab bemorlarda xastalikdan tuzalgandan bir necha oy o`tgach asoratlar rivojlangan.

Ma`lum qilinishicha, izlanish davomida, koronavirusni enggan 1837 ishtirokchilarning 98 foizi xastalikdan tuzalgandan bir necha oy o`tgach, zaiflik, charchoq, mushaklarda og`riq paydo bo`lganligidan shikoyat qilishgan.

Shuningdek, ishtirokchilarning 88 foizga yaqini uyqu bilan bog`liq, 87 foizi turli og`riqlar, yana 88 foizi esa mehnat faolligi pasayganligini ma`lum qilishgan.

86 foiz qatnashchilar esa xastalikka chalinmaslaridan oldin sog`liqlarida umuman muammolar bo`lmaganligini ta`kidlashgan.

Tadqiqotchilarning fikriga ko`ra, ushbu ma`lumotlar “Covid-19«ni engil o`tkazgan bemorlarning reabilitasiyasi etarli emasligini ko`rsatadi.

Zero, koronavirusni boshdan o`tkazganlar olti oy davomida reabilitasiyadan o`tishlari kerak. Ammo ayni paytdagi sog`liqni saqlash tizimidagi bosim tufayli buni amalga oshirish murakkab bo`lmoqda.

Shu sababli olimlar koronavirusdan omon qolgan va to`liq tuzalmagan, ya`ni uning ta`sirini 12 haftadan ko`proq vaqt davomida boshdan kechirgan odamlar surunkali kasallarga aylanishlari mumkin deb taxmin qilishmoqda.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Koronavirus asoratlari surunkali hisoblanadi — olimlar