O`zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanadi

O`zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanadi

  O`zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni mart oyining birinchi yarmida boshlanadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati  ma`lum qildi.

“Respublikada toifalar bo`yicha COVID-19ga qarshi emlash 2021 yil mart oyining birinchi yarmida boshlanishi rejalashtirilgan”, — deyilgan xabarda.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jami bo`lib davolash profilaktika muassasalari qoshida 3138 ta emlash xonalari va 820 ta mobil brigadalar tashkil etilgan, ular barcha emlash ishlarini jadval va bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Ta`kidlanishicha, xavf guruhiga kiruvchi aholini emlash ishlari yakunlanishi va respublikaga vaksina kelishiga binoan qolgan aholi ham emlanadi.

Aniqlik kiritilishicha, hukumat SOVID-19 infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchi 12 ta etakchi korxonalar bilan vaksina xarid qilish bo`yicha muzokaralar olib bormoqda.

 

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
O`zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanadi