TILQIYAR

TILQIYAR

TILQIYAR (Hierochloe) — bugʻdoydoshlar (gʻalladoshlar)ga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Yer yuzida 15 turi, Oʻzbekistonda bir turi (N. odorata) tarqalgan. Asosan, moʻtadil va sovuq iklimli yerlardagi sernam oʻrmonlarda uchraydi. Tupguli — roʻvak. May — iyunda gullab meva tugadi. Tilqiyar tarkibida kumarin moddasi bor. T. ekstrakti vino va b. ichimliklar tayyorlashda ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
TILQIYAR