EROS

EROS

EROS (Erot nomidan) — Quyosh sistemasidagi kichik sayyora. 1898 yil nemis astronomi G. Vitt kashf etgan. E. Quyosh atrofini 1,76 yilda toʻliq bir marta aylanib chiqadi. Sayyora orbitasining choʻziqligi (ye=0,233) katta boʻlgani uchun uning koʻrinma yulduz kattaligi — 6,7 dan 11,3 gacha oʻzgarib turadi. Eros gantel shaklida boʻlib, uning eng uzun qismi 40 km, eng qisqasi 14 km. Orbitasining ekliptikaga ogʻmaligi 10°, 83, Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 1,458 astronomik birlikka teng. Har 37 yilda Yerga juda yaqin keladi va Eros kuzatilib, Quyosh parallaksi aniklanadi. E. Yerga 1975-yilda yaqinlashgan va Yer bilan orasidagi masofa 28 mln. km ga teng boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
EROS