TOʻQUVCHILIK

TOʻQUVCHILIK

TOʻQUVCHILIK — tabiiy (paxta, jun, ipak, zigʻir, kanop va h. k.) va sunʼiy tolalardan gazlama va b. toʻqimachilik mahsulotlari olish jarayonlari majmui; hunarmandchilikning bir turi, kasb. Dastlab (neolit va ibtidoiy jamoa davrida) yigirish va toʻqishga doyr ishlar qoʻlda bajarilgan. Keyin urchuqlar, dastaki toʻquv dastgohlari paydo boʻlgan. Chigit ekib, paxtadan ip gazlama olish Oʻrta Osiyoda milodning boshidayoq tarqalgan. Lekin i. ch. texnikasi nihoyatda sekinlik bn oʻsgani uchun yigirish va toʻqish qoʻlda bajarilgan. Keyinchalik yogochdan yasalgan dastaki Toʻquvchilik dastgohi (doʻkon) paydo boʻlgan. Toʻquvchilikni mexanizatsiyalashga urinish 16—18-a. larga toʻgʻri keladi. Ingliz ixtirochisi J. Keyning 1733-y. da ixtiro qilgan «oʻziuchar» moki T. da katta ahamiyatga ega boʻddi. 18a. oxirida Buyuk Britaniyada E. Kartrayt mexanik toʻquv stanogini ixtiro kildi. 19-a. oxiri 20-a. boshlarida mokisi avtomatik tarzda almashtiriladigan Toʻquvchilik stanoklari paydo boʻldi.

Ensiklopediya.uz
TOʻQUVCHILIK