TOJIYEV Fuat Husainovich

TOJIYEV Fuat Husainovich

TOJIYEV Fuat Husainovich (1913.13.9, Kattaqoʻrgʻon 2001.13.5, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Texnika fanlari dri (1967), prof. (1969). Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1937). Mahalliy sanoat i. t. institutida ilmiy xodim (1937 — 41), urush qatnashchisi (1941—43). Oʻrta Osiyo industrial intida katta oʻqituvchi (1944—46), ToshPI kimyotexnologiya fti silikatlar texnologiyasi kafedrasi mudiri (1947—91). Asosiy ilmiy ishlari Oʻzbekiston hududidagi mahalliy tuproq, gil va xom ashyolarning texnologik xossalarini sistematik tarzda oʻrganish va ularni qurilish keramikasi ishlab chiqarish. da qoʻllashga oid. Tojiyev rahbarligida ilk bor Angren kaolinining texnologik xossalari chuqur oʻrganilgan va uning asosida keramik qorishmalar, sirlar, xoʻjalik va elektrotexnik chinni, olovbardosh va kislotabardosh materiallar olingan.

Ensiklopediya.uz
TOJIYEV Fuat Husainovich