TINISH BELGILARI

TINISH BELGILARI

TINISH BELGILARI — muayyan tilda yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, mantikli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (ran boʻlaklari)ning oʻzaro mantiqiygrammatik munosabatlarini koʻrsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va Tinish belgilari) mansub boʻlib, u qoʻshimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) maʼlum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish belgilarining yozuvda qoʻllanishi oʻziga xos tizimga ega. Bu tizim — T. b. miqdori, qoʻyilish tartibi va qoʻllanish prinsiplari yigʻindisi — punktuatsiyanp vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) xamda til birliklari (soʻzlar, morfemalar) bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilarining asosiy vazifasi nutqning mazmuniy boʻlinishini koʻrsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir.

Ensiklopediya.uz
TINISH BELGILARI