ELEKTR PECh

ELEKTR PECh

ELEKTR PEChelektr hodisalarining issiqlik ajratish xossasidan foydalaniladigan eritish yoki qizdirish pechi. Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish usuliga koʻra, yoy pechi, shduksion pech, elektronnurli pech, dielektrik qizdirish qurilmalari va boshqalar; ishlatilish sohalari boʻyicha sanoat, lab., kommunal xoʻjalik, uyroʻzgʻor uchun moʻljallangan xillarga boʻlinadi. Elektr pechda ish muhiti (havo, agressiv muhit, inert atmosfera va boshqalar), tok chastotasi, tuzilishi muhim koʻrsatkichlar hisoblanadi. Bunday pechlarda ish jarayonini avtomatlashtirish oson, unda kuyindi deyarli boʻlmaydi.

Ensiklopediya.uz
ELEKTR PECh