Ta`lim va tibbiyot muassasalariga transyog`, tuz va shakar miqdori ko`p bo`lgan mahsulotlarni sotish taqiqlanadi
Ta`lim va tibbiyot muassasalariga transyog`, tuz va shakar miqdori ko`p bo`lgan mahsulotlarni olib kirish, tayyorlash va ularni sotish butunlay cheklanadi. Bu haqda «O`zbekiston — 2030» strategiyasida qayd etilmoqda.
Unga ko`ra, yurtimizda kelgusi 7 yil davomida har yili 55 va undan katta yoshdagi aholini 100 foiz tibbiy profilaktik ko`rikdan o`tkazish va sog`lomlashtirishga katta urg`u beriladi.
Shuningdek, 40 va undan yuqori yoshdagi aholi orasida jismoniy faol aholi ulushini 2 barobar oshirish belgilangan.
Fuqarolar o`rtasida to`g`ri ovqatlanish va sog`lom turmush tarzini shakllantirish borasida quyidagilar ko`zda tutilmoqda:
- 5 yoshgacha bo`lgan bolalar orasida bo`y o`sishining kechikishi mavjud bo`lganlar, vazn etishmasligi va ortiqcha vaznga ega bo`lganlar ulushini 2 barobarga kamaytirish;
- Ta`lim va tibbiyot muassasalariga tarkibida transyog`, tuz va shakar miqdori ko`p bo`lgan mahsulotlarni olib kirish, tayyorlash va ularni sotishni butunlay cheklash.
Shuningdek:
- me`yoridan ortiq tuz iste`mol qiladigan aholi ulushini 32 foizga;
- etarlicha jismoniy faollikka ega bo`lmagan aholini 22 foizga;
- ortiqcha vaznga va semizlikka ega katta yoshdagi aholini tegishlicha 32 foiz va 23 foizga kamaytirish mo`ljallangan.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Ta`lim va tibbiyot muassasalariga transyog`, tuz va shakar miqdori ko`p bo`lgan mahsulotlarni sotish taqiqlanadi