EKLS

EKLS

EKLS, Ekkls Jon Keryu (1903.27.1, Melburn 1997.2.5, Shveysariya) — avstraliyalik fiziolog. Melburn un-ti (1925) va Oksforddagi Magdalen kollejini tugatgan (1929), 1927—37 ylarda Oksfordda Ch. Sherrjgton rahbarligida ishlagan. Sidneydagi patologiya instituti direktori (1937—44). Otago (Yangi Zelandiya) untida fiziologiya prof. (1944—51). Kanber Avstraliya milliy untida fiziologiya prof. (1951—66). Chikago instituti va Nyu-York untida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ilmiy faoliyati nerv hujayralaridagi elektrik jarayonlarga oid. Ekls nerv hujayralarida qoʻzgʻalish va tormozlanishning ion mexanizmlarini oʻrgangan, bir hujayrada hosil boʻlgan nerv impulslari ikkinchi hujayraga qanday oʻtkazilishini koʻrsatib bergan. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1941-yildan), Nobel mukofoti laureati (1963; AL. Xojkin va A. F. Xaksli bilan hamkorlikda).

Ensiklopediya.uz
EKLS