Ustama imtihoni haqida
Ustama imtihonining to’liq nomi chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovi bo’lib Davlat Test markazi tomonidan bir yilda ikki marta tashkil qilinadi. Dekabr va May oylarida. Toshkent shaxri va barcha viloyat markazlarida tashkil qilinadi.
Jami 5ta bo’limdan imtihon topshiriladi.
Listening
Reading
Lexical and Grammar competence
Writing
Speaking
Speakingdan tashqari barcha bo’limlar bir vaqtda bo’ladi. Eng dastlab Listening, Reading va Lexical and Grammar competence tekshiriladi va javoblari e’lon qilinadi. Har bir bo’limdan 50% dan yuqori ball yig’ilganda o’tgan hisoblanadi va o’tganlarning Writing javoblari tekshiriladi. Writingdan 60% va undan baland yig’ilsa oxirgi bosqich Speaking imtihoniga taklif qilinadi. Speakingdan ham 60% va undan baland ball olsa, ustama sertifikati beriladi va oyligiga qo’shimcha 15%, qishloq hududlarida esa 30% ustama belgilanadi. Imtihon qiyinlik darajasi B1 dan C1 gacha aralash savollar bo’ladi. Asosan B2 darajadagi savollar va qisman B1, C1 darajalaridagi savollardan iborat bo’ladi.
Ustama belgilanishi uchun hodim oxirgi 5 yilda malaka oshirgan bo’lishi talab etiladi. Ustama testidan o’tgan bo’lsada, lekin malaka oshirmagan bo’lsa, ustama belgilanmaydi. Bunday vaziyatda qachonki malaka oshirilganda keyin sertifikat kuchga kirib ustama to’lash boshlanadi. Bitirganiga 3 yil bo’lmaganlarga esa malaka oshirish shart emas. Ular testdan o’tsa, ustama to’lanaveradi.
Ustamaga birinchi marta imtihon topshirish BEPUL. Yiqilgandan keyingi urinishlar 54 ming so’m. Birinchi marta topshirilganda, to’lov uchun kvitansiya kelsa ham e’tiborsiz qoldiriladi. Muvaffaqiyatli o’tib, sertifikat muddati o’tgandan keyin topshirsa ham pul to’lanmaydi. Sertifikat muddati o’tmay ariza topshirsa, to’lov qilinadi.
Ustama imtihoniga topshirish ixtiyoriy, o’tolmay qolganda ishga hech qanday salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.
Ustama imtihoni faqat ustama beradi. Daraja bermaydi. Ustamadan boshqa hech qanday imtiyoz bermaydi. my.dtm.uz sayti shaxsiy kabinet orqali topshiriladi va natijalar ham shu kabinet orqali aniq bo’ladi. Sertifikat amal qilish muddati 3 yil. O’ylaymanki to’liq ma’lumot bera oldim. Qo’shimcha savollarni izohlarda qoldirishingiz mumkin.
Ko’rildi: 305
Darsliklar
Ustama imtihoni haqida