TINTIKIT

TINTIKIT

TINTIKIT (AQSHning Yuta shtatidagi Tintik degan joy nomidan) — mineral; temir, fosfor va suv birikmalaridan tarkib topgan. Tabiatda kam uchraydi. Tintikit 1963-y. Oʻzbekiston gʻarbi (Qizilqum)da topilgan va oʻrganilgan. Ushbu Tintikitning rentgenogrammasi Yuta shtatidagi Tintikit nikiga yakin. Uning koʻrinishi gil minerallarni eslatadi. Kimyoviy tarkibi Gʻye3[(ON)3(RO4)2]ZN2O, unda Gʻye,O3 48,18%, R2O530,7%, N2O 19,51%, A12O3 1,48%, Na2O5 0,08%, K2O 0,03% mavjudligi aniqlangan. Rangi oqsariq, yashil tusli. Qattiqligi 2—2,5, zichligi 2,8 g/sm3, yalab koʻrilsa tilga yopishadi. Tintikit gipergen mineral boʻlib, limonitlashgan gematitda 5 sm gacha boʻlgan tomirchalar shaklida, oksidlanish zonasidagi oltinsurma ruda namoyonlarida vujudga keladi. Tintikit gepatit, natroyarozit, alunit, oltin bilan assotsiatsiyada uchraydi.

Ensiklopediya.uz
TINTIKIT