Muyassar Razzoqova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Muyassar Razzoqova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Muyassar Razzoqova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Mundarija скрыть
Muyassar Razzoqova haqida, oilasi, instagram, rasmlari
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Muyassar Razzoqova O’zbek akademik Katta teatrida opera yakka ijrochisi sifatida faoliyat yuritgan. O’zbek va jahon klassikasi operalarida asosiy partiyalarni ijro etgan. M.Razzoqova ana shu murakkab vazifani opera yakka ijrochisi emas, balki xushovoz xonanda sifatida ham tanilgan. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat akademik Katta teatrining opera yakka ijrochisi Muyassar Razzoqova 1964 yilda Qoraqalpog’istonning Beruniy shahrida tug’ilgan. 1988 yilda M. Ashrafiy nomidagi Toshkent Davlat konservatoriyasining opera sinfida, Rozalinda Laut va Saodat Qobulovalar ustozligida tugatib, shu yili Alisher Navoiy nomidagi O’zbek akademik katta teatrida opera yakka ijrochisi sifatida mehnat faoliyatini boshlab, teatrda sahnalashtirilgan o’zbek va jahon klassikasi operalarida asosiy partiyalarni ijro etdi.
Muyassar Razzoqova
Muyassar Razzoqova
S. Yudakovning «Maysaraning ishi»dagi Oyxon, M. Bafoevning «Umar Hayyom» idagi Feruza, M. Ashrafiyning «Dilorom»idagi Dilorom, Glier va T. Sodiqovning «Layli va Majnun» idagi Layli, J. Verdining «Traviatta»sidagi Violetta, «Rigoletta»sidagi Jilьda, «Bal maskarad»idagi Oskar, D. Rosinining «Silviya sartarosh»idagi Ro-zina, Donitsettining «Lyuchiya di Lammermur»idagi Lyuchiya kabi partiyalar yosh opera solistikasining qisqa davr ichidagi ijodiy mehnatining mahsulidir.
Toshkent Davlat konservatoriyasida opera san’atidan chuqur nazariy bilim olish, Halima Nosirova, Saodat Qobulova va boshqa yetuk opera san’atkorlari ishlagan, ajoyib obrazlar yaratgan ulkan san’at dargohi bo’lmish opera va balet teatrida mehnat faoliyatinn boshlash, ustozlardan o’rganish, ijodiy izlanish natijasida M. Razzoqova san’atda o’z o’rnini topdi.
Milliy va jahon mumtoz operalarida bosh rollarni ijro etish faqat ixlos va iste’doddan tashkari katta mehnatsevarlik hamda mas’uliyatni talab etadigan murakkab ijodiy jarayondir.Aytish mumkinki, M. Razzoqova ana shu murakkab vazifani opera solistkasi emas, balki xushovoz xonanda sifatida ham sharaf bilan bajardi.
Xonanda dillarga orom beruvchi dilbar qo’shiqlari bilan ham keng jamoatchilikning nazariga tushdi. Ashula aytishda, avval ustozi Saodat Qobulova yo’lidan borib, «Qashmirida», «Dugonalar», «Oq kabutar», «Se-vimli yorim» kabi lirik qo’shiqlarni, keyinchalik o’z ijodiy yo’lini tanlab, «Vatan», «Iftixor», «Men o’zbek qiziman», «Ulkam», «Vatan azizdir», «Gullar valьsi», «Bahor nafasi», «Vatan madhi», «Sevgi izhori», «Mehring bilan yashaymiz Vatan», «Jahonda O’zbekiston», «Millat bayrog’i», «O’zbek davlati», «Nurli orzular» kabi Mustaqil O’zbekistonni madh etuvchi, ona-Vatanni qadrlash, uni e’zozlash, mustaqillikni mustahkamlash kabi mazmunga ega bo’lgan yetakchi ruhdagi ashulalarni aytib, el o’rtasida qadr topdi.
Jumaniyoz Jabborov, Normurod Nazrullaev, Abdulla Oripov, Omon Matchon, Husniddin Sharipov kabi shoirlar va Mustafo Bafoev, Rustam Abdullaev, Anor Nazarov kabi bastakorlar bilan ijodiy hamkorlikda yaratilgan, mustaqillik davri bilan hamnafas bo’lgan bu lirik qo’shiqlar 90-yillar qo’shiq san’atining eng nodir durdonalari bo’lib qoldi. Xonandaning bu qo’shiqlari Mustaqillik va «Navro’z» bayramlariga bag’ishlangan katta tantanalarda ijro etilib, tomoshabinlarga manzur bo’ldi.
M. Razzoqova Olmoniya, Frantsiya, AQSH, Ispaniya, Italiya, Vengriya, Turkiya va boshqa xorijiy mamlakatlarda ijodiy safarlarda bo’lib, jahon mumtoz operalaritsan ariyalarni va o’zbek milliy qo’shiqlarini mohirona kuylab, chet el qo’shiq muxlislarining ham e’tiboriga sazovor bo’ldi. U respublika va Xalqaro tanlovlarda qatnashib, sovrinlarga va mukofotlarga sazovor bo’ldi.
1989 yilda Respublikamiz operachilari tanlovida qatnashib, tanlov g’olibi, 1989 yilda Glinka nomidagi Xalqaro yosh operachilar tanlovida uchinchi, 1990 yilda Vengrpyada bo’lgan vokalchilar tanlovida ikkinchi mukofotga sazovor bo’lgan bo’lsa, 1997 yilda Italiyada bo’lib o’tgan kuchli operachilar musobaqasida o’ttizlik guruhiga tushib, laureat bo’ldi.
Iste’dodli opera solistkasi va xushovoz xonanda Muyassar Razzoqova «O’zbekiston Respublikasi xalq artisti» (1998) unvoni sohibidir. U 1999 yilda O’zbekiston Oliy Majlisiga deputat etib saylangan.

instagram, Muyassar Razzoqova haqida, oilasi, rasmlari