TITAN RUDALARI

TITAN RUDALARI

TITAN RUDALARI — tarkibida sanoatda foydalanish uchun texnik tomondan qulay va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq birikma va konsentratsiyalarda titan boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Asosiy minerallari: ilmenit (TYU2 43,7—52,8%), rutil, anataz va brukit (94,2—99%), leykoksen (62—98%), loparit (38,3—41%), titanit (33,7—40,8%), perovskit (38,7—58,9%), titanmagnetit. T. r. magmatik, ekzogen va metamorfogen konlarga boʻlinadi. Magmatik konlar tarkibida 7—32% TiO2 boʻlgan oʻta asosli, asosli va ishqorli togʻ jinslari bilan bogʻliq. Qatlamli va tomirsimon shaklga ega xolxolli va yaxlit Titan rudalari uchraydi. Ularning tarkibida ilmenit bilan birga titanmagnetit va gematit xam mavjud. Yirik magmatik konlar Rossiya, Kanada, AQSH, Norvegiya, JAR va Hindistonda maʼlum. Titan rudalarining ekzogen konlari orasida: nurash poʻstidagi ilmenitli va rutilli (TYU2 3—30%); ilmenitning ellyuvialdellyuvialli va allyuvialli sochmalari (TYU2 0,5 — 25%); ilmenit, leykoksen, rutilning (TiO2 0,5—35%) dengizqirgʻoq boʻyi (qad. va hoz.) sochmalari hamda sirkon, monatsit va b. bor. Dengizqirgʻoqboʻyi sochmalari Titan rudalarining asosiy sanoat turidir. Ular qatlamli va linzasimon uyumlar koʻrinishida boʻlib, qalinligi bir necha oʻn m ga, uzunligi bir necha oʻn km ga, eni esa bir necha ming m ga yetadi. Yirik sochmalar Rossiya, Avstraliya, Hindiston, Braziliya, Yangi Zelandiya, Malayziya va ShriLankada maʼlum. Metamorfogen konlar orasida qumtoshlar leykoksen bilan (TiO2 8—10%); ilmenitmagnetitlilar amfibolitlarda (TYU2 — 12,2%); rutillilar gneyslarda, xloritli slaneslarDa va b. da farq qilinadi. Titan rudalarida, odatda, Ti dan tashqari Gʻye, V, Zr, TR, Sc lar ham mavjud. Titan rudalarini boyitish uchun favitatsion va magnit separatsiyasi, flotatsiya qoʻllaniladi. Titan rudalari titan metali va uning qotishmalarini olishda, boʻyoq, loklar tayyorlashda ishlatiladi. Oʻzbekistonda Qurama, Chatqol va Shim. Nurota toglarida ilmenit borligi aniqlangan.

Ensiklopediya.uz
TITAN RUDALARI