TARIXIY MATERIALIZM

TARIXIY MATERIALIZM

TARIXIY MATERIALIZM (tarixni materialistik tushunish) — marksizmnnng jamiyat taraqqiyoti toʻgʻrisidagi qarashi. Jamiyat taraqqiyotining eng umumiy qonunlarini oʻrganuvchi fan sifatida talqin qilib kelindi. Asosiy goyalarini K. Marks, F. Engels va V. I. Lenin ilgari surgan. Tarixiy materializm jamiyat moddiy hayoti — ijtimoiy borliqning ijtimoiy ongga nisbatan birlamchiligini eʼtirof etadi; jamiyat taraqqiyotining asosida moddiy ishlab chiqarish. usuli yotadi, degan gʻoyaga asoslanadi. Ishlab chiqarish. munosabatlarini ustqurmani belgilovchi iqtisodiy struktura (jamiyatning bazisi) sifatida ajratib koʻrsatadi; tarixni ijtimoiytarixiy formatsiyalarning almashinuvidan iborat qonuniy tabiiytarixiy jarayon, uning natijasida kommunizm karor topadi, deb tushunadi. 20-a. ning 20—30y. laridan Tarixiy materializm dogmalashtirildi va sxemalashtirildi, kommunistik partiyalar siyosatiga buysundirildi. Unda sinfiy boʻlinishning saklanishi, sinfiy kurash, ijtimoiy inqilob kabi voqealarning qonuniy ekanligi va antagonistik formatsiyalarga xosligi uqtirib kelindi. Tarixiy materializm jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish qonunlarini bir yoklama yoki burttirib talqin etgan, inson omiliga yetarli eʼtibor bermagan.

Ensiklopediya.uz
TARIXIY MATERIALIZM