SHOKIROV Odil Sharipovich

SHOKIROV Odil Sharipovich

SHOKIROV Odil Sharipovich (1908.14.9 Toshkent —1986.1.12) ortopedtravmatolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974). Tibbiyot fanlari d-ri (1967), prof. (1971). ToshTI davolash f-tini tugatgach (1935), Samarqand viloyati Paxtakor tuman sogʻliqni saqlash boʻlimining boshligʻi va poliklinikada bosh vrach (1936—39), Oʻzbekiston ortopediya, travmatologiya va suyak sili kasalliklari ilmiy tadqiqot intida kichik ilmiy xodim (1939—41), urush qatnashchisi (1941—45), Toshkentdagi 3336evakogospital boshligʻi (1945—46), Oʻzbekiston Travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot intida kichik (1946—53), katta ilmiy xodim, travmatologiya boʻlimi mudiri (1954), shu in-t direktori (1954—61), travmatologiya boʻlimi ilmiy rahbari (1961— 69), 1969-yildan ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari. Ilmiy ishlari odamning skelet suyaklaridagi tugʻma nuqsonlarning oldini olish hamda konservativ va operatsion yoʻl bilan davolash, shuningdek, suyak toʻqimasi regeneratsiyasi va immunologiya masalalariga oid. U Oʻzbekistonda birinchi boʻlib singan suyaklarni mumiyo bilan kompleks davolash usulini amaliyotga tatbiq etdi.

Ensiklopediya.uz
SHOKIROV Odil Sharipovich