SUBORBITAL PARVOZ

SUBORBITAL PARVOZ

SUBORBITAL PARVOZ — kosmik uchish apparatining 1kosmik tezlik (7,91 km/s) dan kichik tezlikda, yaʼni Yer sunʼiy yoʻldoshi orbitasiga chiqmasdan ballistik trayektoriya boʻylab uchishi. Suborbital parvozdan maqsad — kosmik kemalarni sinab koʻrish, tibbiybiologik tadqiqotlar oʻtkazish va b. AQSH da 1960—61 y. larda astronavtlar «Merkuriy» dasturi boʻyicha 2 ta, SSSRda 1975-y. da kosmonavtlar «Soyuz» dasturi boʻyicha 1 ta Suborbital parvoz qilgan. Bu parvozda astronavtlar A. Shepard (1961-y. 5 may) va V. Grissom (1961-y. 21 iyul) boʻlgan. Suborbital parvozning oʻtish muddati — 15 va 16 min., uzokligi 486 va 504 km, bal. 186 va 189 km.

Ensiklopediya.uz
SUBORBITAL PARVOZ