SINGAPUR BOʻGʻOZI

SINGAPUR BOʻGʻOZI

SINGAPUR BOʻGʻOZI — shim. da Malakka ya. o. ning eng jan. chekkasi bilan Singapur o. hamda jan. da Riau arxipelagi oraligʻida. Jan. Xitoy dengizini Andaman dengizi bilan Malakka boʻgʻozi orqali birlashtirib turadi. Uz. 114 km, eni 12 dan 37 km gacha. Eng sayoz joyining chuqurligi farvatyorida 22 m. Sb. orqali xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan dengiz yoʻllari oʻtgan. Singapur o. da shu nomli shahar joylashgan.

Ensiklopediya.uz
SINGAPUR BOʻGʻOZI