SARIQ

SARIQ

SARIQ, sariqlar, shari — Oʻrta Osiyodagi turkiy xalqlar tarkibiga kirgan qabila nomi. Ilk urta asrlarda Jan. Sibir, Yettisuv va Sirdaryo boʻylarida usun, abdal, (qayhun) qabilalari bilan birga yashashgan. 8 — 10-a. lardagi xitoy manbalarida sheli, shari (sari, sariq) nomi bilan qayd etilgan. S. Sharqiy Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. K. Shoniyozovnmnt fikricha, Sariqning gʻarbga dastlabki siljish jarayoni 8-a. ning 60y. larida sodir boʻlgan. Ayni shu vaqtda qarluqlar Yettisuvni egallaganlar. Sariqning katta qismi ular bilan birga Chu vodiysiga kelib oʻrnashgan. 10-a. oʻrtalarida Sariq Qoraxoniylar davlati tarkibida boʻlib oʻzbek elatining shakllanishida bevosita qatnashgan. 10—15-a. lar va keyingi davrlarda Dashti Qipchoqda yashagan. Sariq kurashlar va oʻzaro nizolar tufayli kichik boʻlaklarga boʻlinib oʻzbek, turkman, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, boshqird xalqlari tarkibiga kirgan. Sariqning Jungʻoriya va Tarbagʻatoyda qolgan qismi Sibir xalqlari tarkibiga kirgan. Sariqning Shim. Xitoyda qolgan guruxlari shu yerda yashovchi uygʻurlar bilan qoʻshilib, ular ichida sariquygʻur etnik guruhini tashkil etgan.

Ensiklopediya.uz
sariq