SDR

SDR

SDR (ing. Special Drawing Rights, SDR) , maxsus qarz olish huquqlari — xalqaro zaxira va toʻlov vositasi. Xalqaro valyuta fondi (XVF) tomonidan chiqariladi. Birinchi marta 1970-y. da 9,5 mlrd. dollar, 1978—81 y. larda umumiy miqdori 21,3 mlrd. dollar miqdorida chiqarilgan. SDR tizimida faqat XVF ga aʼzo davlatlargina ishtirok etishlari mumkin. SDR faqat rasmiy, davlatlararo darajada amal qiladi va Markaziy banklar va xalqaro tashkilotlar tomonidan muomalada qoʻllaniladi. qolganligi va ularga Fondning maxsus hisobvaraqlarida kredit qaydlari koʻrinishida ehtiyojlarni baholash toʻgʻrisidagi xulosasiga koʻra amalga oshiriladi. SDRga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida ularning XVF dagi kvotalariga mutanosib holda taqsimlanadi. Mamlakatlarga SDR berilishi ulardan oltin yoki valyuta badallarini talab etmaydi, kelishuvlarga asoslanadi. Shuningdek, XVF va uning boshqaruvchilari kengashi qaroriga koʻra, XVF ga aʼzo boʻlmagan mamlakatlar, rasmiy maqomga ega boʻlgan boshqa xalqaro, mintaqaviy va milliy muassasalar xam SDR dan foydalanishlari mumkin. Tijorat banklari va xususiy shaxslar SDR egalari boʻla olmaydi.

Ensiklopediya.uz
SDR