SIRT

SIRT

SIRT (matematikada) — fazoning ikki qoʻshni sohasidagi umumiy qism; geometriyaning asosiy tushunchalaridan biri. Maktab geom. kursida fakat tekislik, koʻpyoklik va ayrim egri Sirtlar qaralib, ularning har biri anik, shartlar asosida taʼriflanadi. Mas, shar sirti berilgan nuktadan biror aniq masofadagi nuqtalar toʻplami deb qaraladi. Matematik jihatdan Sirtning katʼiy taʼrifi topologiya tushunchalariga asoslanadi; bunda sodda Sirt tushunchasi asosiy rol oʻynaydi. Sodda Sirt deganda, uzluksiz deformatsiya (choʻzilish, qisilish, egilish)ga uchragan oddiy tekislik boʻlagini tasavvur etish mumkin. Mas, kvadrat ichki yuzlarining gomeomorf (yaʼni oʻzaro va uzluksiz) aksi sodda Sirt dir. Yarim sfera ham sodda Sirtga misol boʻladi. Lekin butun sfera sodda Sirt boʻla olmaydi. Bunda muntazam Sirt tushunchasidan foydalaniladi. Muntazam Sirt — har bir nuk,tasining yetarlicha kichik atrofi sodda Sirt boʻlgan sirtdir.

Ensiklopediya.uz
SIRT