PAREZ

PAREZ

PAREZ (yun. paresis — boʻshashish, zaiflashish) — erkin harakatlarning zaiflashuvi; chala falaj. Bunda, tananing falajlangan qismida harakat bir oz saqlanib qoladi. Parez sabablari falajdagi kabi Parez ogʻir kasallik belgilaridan boʻlgani uchun darhol vrachga murojaat qilish kerak. Parezni ilk bosqichida davolansa, jarayonni toʻxtatib, falajning oldini olish mumkin.

Ensiklopediya.uz
PAREZ