PANKREATIT

PANKREATIT

PANKREATIT (yun. pankreas — meʼda osti bezi) — meʼda osti bezining yalligʻlanishi. Oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir Pankreatit alkogolizm, yolchitib ovqatlanmaslik yoki meʼyoridan ortiqovqat yeyish, shuningdek, oʻt toshi kasalligi natijasida paydo boʻladi. Pankreatitga meʼda osti bezi tomirlarining zararlanishi yoki unga tromblar tiqilib qolishi, infeksion kasalliklar, shikastlanishlar va qorin boʻshligʻidagi turli yalligʻlanishlar sabab boʻladi. Oʻtkir Pankreatitda meʼda osti bezi shishadi; bezning yalligʻlangan qismi iriydi yoki toʻqimalari nobud boʻladi. Kasallikning klinik belgilari, kechishi va oqibat meʼda osti bezi zararlangan qismining kattaligi va ogʻir-yengilligiga bogʻliq. Oʻtkir Pankreatitning ogʻir shaklida qorinning yuqrri qismi qattiq ogʻriydi va ogʻriq orqaga tarqaladi; bemorning koʻngli aynib, qusadi, yel kelmaydi, ogʻriq zoʻrligidan hushdan ketib qoladi, shok, kollaps holatlari ham kuzatiladi. Oʻtkir Pankreatitga xos alomatlar paydo boʻlganda zudlik bilan tez tib-biy yordamni chaqirish, bemorni yotqi-zib qoʻyish lozim.

Ensiklopediya.uz
PANKREATIT