MATO

MATO

MATOxalq badiiy hunarmandligida qadimdan qoʻlda toʻqib tayyorlangan toʻqimachilik mahsuloti; gazlama. Oʻrta Osiyo hududida ip (boʻz, janda, olacha, susi, chit, kalami), ipak (atlas, baxmal, zandonachi, shoyi) va nim-shoyi (beqasam, adras, parpasha) M. lar tayyorlash qadimdan keng tarqalgan. Dastlab gulsiz (sidirgʻa), keyinroq sodda gulli — hoshiyali, yoʻl-yoʻl va kataklar hosil qilib bezash yoʻlga qoʻyilgan; shuningdek, abrbandi usulida boʻyab tayyorlangan, bosma qolipda gul bosish (ayniqsa, chitgarlikda) rivojlangan. Oʻzbekiston hududi (Buxoro, Margʻilon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Qoʻqon, Xorazm va b.)da Mato tayyorlash markazlari yuzaga kelgan va rivojlangan.

Ensiklopediya.uz
mato