OYGAYING RUDA MAYDONI
OYGAYING RUDA MAYDONI — Oygaying daryosining oʻrta oqimida joylashgan rudali maydon. 1936-y. da topilgan. 1942—43 y. larda volfram va nodir metallar qazib olingan. Oygaying ruda maydonining maksimal zaxiralarini aniqlash maqsadida 40-y. lar 2-yarmida qidiruv-razvedka ishlari olib borilgan. Oygaying ruda maydoni granit massivi va paleozoy davriga mansub metamorfik jinslardan tashkil topgan. Maydonda granit massivi bilan genetik bogʻlangan pegmatit, greyzen, skarn, apogranitlar (albit va greyzenlashgan granit) va apokarbonatlar (slyuda va flyuoritlashgan oxak-tosh) mavjud. Ular tarkibida volfram, qalay, ftor, mis, molibden, rux va b. nodir elementlarning minerallari uchraydi. Bu minerallardan nodir metallarning xom ashyosi sifatida foydalaniladi.
Ensiklopediya.uz
OYGAYING RUDA MAYDONI