OGARYOV Nikolay Platonovich
OGARYOV Nikolay Platonovich [1813.24.11 (6.12), Peterburg – 1877.31.5 (12.6), Grinvich (Angliya)] – rus publitsisti, shoiri, jamoat ar-bobi. 1820-y. dan boshlab Moskvada yashagan. 1825—26 y. larda olis qarin-doshi A. I. Gersen b-n tanishgan. Dekabristlar harakati va qoʻzgʻolonining bostirilishidan keyin Rossiyada pay-do boʻlgan sharoit ular dunyokarashining shakllanishiga katta taʼsir kursatgan. 1831-y. da O. Moskvadagi tashqi ishlar arxiviga ishga va Moskva un-tiga uqishga kiradi. Ammo oradan bir yil utgach, un-tni tashlab, Gersen va b. maslakdoshlari bilan birga fransuz sotsi-al utopistlari taʼsiriga beriladi. 1834-y. da «hukumatga qarshi toʻgarak» yigʻilishlarida qatnashgani uchun hibsga olinib, 1835-y. da otasi nazorati ostida yashash sharti bilan Penza gubernya-siga surgun qilinadi. 1838-y. da Kav-kazda davolanish paytida A. I. Odoyevskiy va b. surgun qilingan dekabristlar bilan tanishadi. 1840-y. dan boshlab sheʼr yoza boshlaydi va sheʼrlari V. G. Belinskiy singari tanqidchilar tomonidan iliq kutib olinadi.
Ensiklopediya.uz
OGARYOV Nikolay Platonovich