9-noyabr «Xalqaro sifat kuni”

9-noyabr «Xalqaro sifat kuni”

9-noyabr «Xalqaro sifat kuni”

Mundarija скрыть
9-noyabr «Xalqaro sifat kuni”
DO`STLARGA ULASHING:
«Butun dunyo sifat kuni” bayrami har yili noyabr oyining ikkinchi payshanbasida nishonlanadi. Bayram 1989-yilda tashkil qilingan. BMTning yordami ostida yirik xalqaro tashkilotlar bu bayramning tashabbuskorlariga aylanishdi. Ushbu bayram birinchi marta dunyo bo’yicha 1989-yil 9-noyabrda nishonlandi. «Butun dunyo sifat kuni” bayramining asosiy maqsadi keng jamoatchilik diqqatini taklif qilinayotgan mahsulot va xizmatlarning sifati muammosiga qaratishdan iborat. Sifat muammolarini echishga qaratilgan harakatni kuchaytirish zarur. Ayni muammoni echishda shu narsa nazarga olinadi-ki, birinchidan, ishlab chiqariladigan mahsulotlar inson va atrof-muhit uchun xavf tug’dirmasligi kerak. Ikkinchidan, mahsulotlar iste’molchilarni talablariga to’liq javob berishi kerak. Shuni ta’kidlash lozimki, dunyoning ko’pgina mamlakatlarida sifat muammosi ekonomikaning juda muhim muammolaridan biridir. Hozirgi kun talablari darajasidagi mahsulot va xizmatlarning sifati-har qanday tashkilot va korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyati garovidir. Sifat tushunchasi bilan hayot darajasi tushunchasi bir-biri bilan uzviy bog’liq atrof-muhitni saqlash, insonlarni jismoniy sog’ bo’lishlari va bekamu–ko’st yashashlari hamma-hammasi bir-biriga bog’liq. Masalan, bizning sog’ligimiz ichimlik mahsulotlari va suvning sifatiga yuqori darajada bog’liq. Bayram kuni an’anaviy tadbirlar bo’lib o’tadi, ularning maqsadi, turli tashkilotlar taqdim qilgan mahsulotlar sifatini tahlil qilishdan iborat. Bu bayram yirik ilmiy-tajribaviy konferensiyalarsiz, forumlarsiz va har-xil ko’rgazmalarsiz o’tmaydi. 1995-yilda jahon jamoatchiligi Yevropa sifat haftaligini o’tkazdi. U yetarlicha mashhur voqealardan biri bo’lib qoldi. Jamoatchilik diqqatini sifat muammosiga jalb qilish maqsadida bu haftalikda aksiyalar chiqariladi. Afsuski, ayni muammoni to’liq echishga muvaffaq bo’lingani yo’q. Hozirgi kun talablari darajasida sifat uchun kurashish kerak. Bundan tashqari, sifat uchun faqat iste’molchilar emas ishlab chiqaruvchilar ham kurashishlari kerak. Bozorlardagi shafqatsiz raqobatga faqatgina yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqargan kompaniyalargina bardosh berishi mumkin. Hozirgi kunda bozorda shunday vaziyat paydo bo’lganki, talabdan taklif ko’p. Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish usullarini namoyish qilibgina qolmasdan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati bozorda yuqori barqarorlikni ushlab turishning asosiy mezonlaridan biri ekanligini tushuntirish ham zarur. Hozirgi kunda mamlakatimizga dunyoning turli burchaklaridan ko’p miqdorda sifatli-sifatsiz mollar kirib kelmoqda. Avvalambor xaridorlar sifatli molni qalbakisidan farqlay olishlari, molning sifatini xarakterlovi jihatlari haqida ma’lumotga ega bo’lishlari zarur.