Gijja haqida

Gijja haqida

Gelmintlar yoki gijjalar — parazit chuvalchanglar oilasining vakillari bo’lib, odatda inson organizmida yashaydi va uning normal ishlashini buzadi (gelmintoz). Hozirgi vaqtda gelmintlarning 400 ga yaqin turlari ma’lum.

Zararlangan organda parazitlarning joylashishiga qarab ularning quyidagi turlari ajratiladi::

  • luminal gelmintlar — ichak yo’llarida yashaydi (askaridoz, enterobioz, trixosefalyoz);
  • gepatobiliar tizim gelmintlari — o’t pufagi va jigarda yashaydi;
  • o’pka gelmintlari — o’pkada yashaydi (paragonimoz, tominksoz);
  • to‘qima gelmintlari – mushak va miyada yashaydi (trixinellyoz, shistosomoz);
  • oftalmogelmintlar — ko’zlarda yashaydi (filyarioz).

Bulardan eng keng tarqalgan kasalliklar enterobioz, trixosefalyoz va askaridozdir.

Kelib chiqish sabablari

Gijjalar inson organizmiga parazit tuxumlarini iste’mol qilish orqali tushishi mumkin. Parazitlarning tuxumlari kir narsalarga tegilganda, tirnoqlarni tishlaganda, chala yuvilgan meva sa sabzavotlarni yoki chala pishirilgan go`sht va baliq mahsulotlarini iste`mol qilganda odam organizmiga tushishi mumkin, shuningdek, gijjalar uy hayvonlaridan ham yuqishi mumkin.

Organizmda gelmintlar mavjudligi belgilari turlicha bo`lishi mumkin, bu esa qaysi parazit turi tana ichiga kirganligiga bog`liq. Gelmintoz belgilariga quyidagilar kiradi:

Parazitlarning turlari har xil bo`lganligi tufayli ular turli organlarga ta’sir qiladi, bu aynan ichaklar va oshqozon-ichak traktining boshqa qismlari bo`lishi shart emas. Agar jigar zararlangan bo’lsa, alomatlar biroz boshqacha bo’ladi: o’ng ko`krak ostida og’riq, teri va ko’z oqining sarg`ayishi, ko’ngil aynish kabilar.

Har bir holat uchun alohida davolash usulini tayinlash uchun pediatr quyidagi tekshiruvlardan o`tishni buyuradi::

Agar gelmintoz noto’g’ri davolansa yoki umuman davolanmasa, quyidagi asoratlar paydo bo’lishi mumkin:

Parazitlarni yuqtirmaslik va kelajakda shifokorga bormaslik uchun, quyidagi tavsiyalarga amal qilish lozim:


Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.

Kasalliklar
Gijja