Farosat va farosatsizlik haqida maqollar

Farosat va farosatsizlik haqida maqollar

Farosat va farosatsizlik haqida maqollar

DO`STLARGA ULASHING:

Avval — non, keyin in’om.

Avval o’z aybingni bil,
So’ngra boshqadan kul.

Avval o’zingga boq,
So’ngra nog’ora qoq.

Avval o’yla, keyin so’yla.
Azadorni to’yga zo’rlama.

Ana-mana deguncha,
Yaxshi-yomonni bilgin.

Anglamay gapirgan og’rimay o’lar.

Aravani ot oldiga chiqarib bo’lmas.

Arzimasa arzonga ham olma.

Arpani xom o’rma,
Kelinni sepsiz ko’rma.

Ahmoq bilan gap talashguncha,
Moxov bilan uloq talash.

Ahmoq og’asini tanimas,
To’qmoq tog’asini tanimas.

Ahmoq qizning sabog’i uzun.

Betamizga besh kun hayit.

Betamizda bet bo’lmas,
Bezorida — uyat.

Betimning qalini — jonimning huzuri.

Befahmning dardi o’ziga yuk.

Bilib o’tir o’rningni,

Har yerga suqma burningni.

Bir gapning qirq fahmi bor.

Bir qarining gapiga kir,
Bir — panning.

Birovning bo’yi kalta,
Birovning o’yi kalta.

Bol yegan og’izga baliq yarashmas.

Boshi og’riganning oldida
Boshim og’ridi dema.

Bo’zchi ketidan yugurguncha,
Igna ketidan yugur.

Bo’ydoqning ko’zi — ko’r.

Gap bilmagan ma’raka buzar.

Gap tagida gap bor.

Gap egasini topar.

Gapirgani — so’kkani,
Osh ichgani — to’kkani.

Gapni gapir joyi bilan,
Nonni yegin moyi bilan.

Gapning tagini gap ochar.

Dala-tuzni suv olsa,
Qo’ng’ir g’ozning to’shidan.

Quloqsizga so’z aytsang,
Qulog’ining tashidan.

Dardingni dard bilganga so’yla.

Dardsizga dard aytma,
Ahmoqqa — pand.

Dardsizning oldida «boshim» dema.

Dushmanni farq etmagan,
Do’stlik qadrini bilmas.

Yetilmagan xamir tandirda turmas.

Yoriq ko’za bilan suvga borma.

Jarlining o’z molini o’ziga berib quvontir.

Itni siylasang, to’rga o’tar.

Karga eshittirib qoch,
Ko’rga — tutqazib.

Kurash bilmagan otasini yiqitar.

Ko’p bilan kengash,
Ma’quliga yondash.

Ko’pga kengash, o’z bilganingni qil.

Men nima deyman-u Xo’jam nima deydi.

Oz oshga yasovul bo’lma.

Oldingdagi ovni ko’rmasang ham,
Uzoqdagi yovni ko’ra bil.

Osh degan yerga quruq kalla yugurar.

Og’zimga keldi deb, dema,
Oldimga keldi deb, yema.

Parvonaning o’lgisi kelsa,
Sham bilan o’ynashar.

Poda boqishiga qaraguncha,
Haq olishiga qara.

Pul topadigan bo’lguncha,
Pulni tutishni o’rgan.

Pul topguncha, aql top.

Pulni pul topar,
Ketmonni ahmoq chopar.

Puch yong’oqqa qo’yin to’lg’azma.

Puchak pista og’iz ochsa,
O’z aybini oshkor etar.

Sahroyini urma-so’kma, so’zlat.

Semiz qo’yning dumbasi katta,
Semiz odamning — suhbati.

Sen baloga tegmasang,
Baloning senda ne ishi bor.

Sen gapir-u birov kulsin.

Sigir siypaganni bilmas,
Yomon — siylaganni.

Siylaganni sigir bilmas,
«Ho’k» deganni — ho’kiz.

Sipoh sirin bermas,
Ahmoq — to’rin.

Sichqonning o’lgisi kelsa,
Mushuk bilan o’ynashar.

Soni bor, salmog’i yo’q,
Bog’i bor, parvoyi yo’q.

Soyangga qarab to’n bichma.

Soyangga qarab bo’y o’lchama.

Soyangni saratonda sol.

Suv ichadigan qudug’ingga tupurma.

Suv ichganda, ariq qaziganni unutma.

Suvni ich, chashmani bulg’ama.

Suvni sep singar yerga,
So’zni qu sig’ar yerga.

Suzishni bilmasang, suvga tushma.

Suymaganga suykanma, bahong ketar,
Ming tillolik boshingni bir pul etar.

Suymaganga suykanma, suyganingdan ayrilma
Sutini ich-u, sigirini surishtirma.

So’z aytganda o’ylab ayt,
Oqibatin bo’ylab ayt.

So’z bilmasang, so’zlama.

So’zga quloq os,
O’ylab qadam bos.

So’zi so’zga o’xshamas,
Og’zi so’zdan bo’shamas.

So’zing kumush bo’lsa,
Tinglovchi tilla bo’lsin.

So’zlaganga qarama,
So’zlatganga qara.

So’zlagani — so’kkanday,
Yelpigani — to’kkanday.

So’zlamay so’zingga boq,
Avval o’yla, o’zingga boq.

So’qir tovuqqa hammasi tariq.

Tanlaganim toz,
Toz qiladi noz.

Taom — o’sha taom, illati moshga,
Eshak — o’sha eshak, to’qimi boshqa.

Taryokingga ishonib zahar ichma.

Taroziga qarab tosh qo’y.

Telba tengi bilan,
Etagi yengi bilan.

Telba to’ningni teskari kiyma.

Telbaga tilmoch kerakmas.

Telbaning terisi qalin.

Tentak chinini aytaman deb, sirini aytar.

Tentak horiganini bilmas,
Ko’sa — qariganini.

Tentakdan so’ramasang ham, o’zi aytar.

Tentakka yo’l ber,
Ikki qo’liga bel ber.

Tentakka tunda ham to’y,
Kunda ham to’y.

Tentaklik — boshda,
Azobi — oyoqda.

Tentakni tentak desang,
Arpa bo’yi o’sar.

Tentakning aqli tushdan keyin kirar.

Tentakning o’ti tepasida yonar.

Terakday bo’y berguncha,
Ninaday aql bersin.

Til — aqlning qilichi, farosat — g’ilofi.

Til bilgan navkar — bol bilan shakar,
Til bilmas navkar — obro’ni to’kar.

Tilni tiyishni ham bil, deyishni ham bil.

Tilning suyagi yo’q.

Tilning uzuni dallolga kerak.

Tovoq kelganda, saboqni qo’y.

Tovoqqa qarab oshini ol.

Toledan karam tilama,
Gadodan diram tilama.

Topgan topib gapirar,
Topmagan qopib gapirar.

Toshga qoqilsang, toshni tepma,
Boshni tep.

Tulki iniga qarab ulisa, qo’tir bo’ladi.

Tulki inidan nolisa, o’ziga nomus.

Tulki quyrug’in maqtar,
Ahmoq — urug’in.

Tuya qo’tir bo’lsa, bo’tasini bulg’ar.

Tuyaga o’yna desang, hamma yemi payhon qilar.

Tuyaning hazili botmon g’o’zani buzar.

Tuqqanida so’ramasang, o’lganida so’rama.

To’ydan keyin nog’ora.

To’rdagi bilan so’zlashguncha,
Eshik oldidagi bilan chiqish.

To’rg’ay qutursa, burgutga chopar.

To’qol sigir — suzong’ich,
Oqsoq biya — tepong’ich.

Uzoqdagi ovni ko’rib,
Yaqindagi yovni ko’rmas bo’lma.

Uzumini ye, bog’ini so’rama.

Uyga kelganga uy bo’yi gap aytma.

Uying minor tagida bo’lguncha,
Qulog’ing so’z anglasin.

Uyingga o’t qo’ymoqchi bo’lgan,
Sendan gugurt so’ramas.

Ulug’ning gapini olmagan uvlar.

Urishganga bir o’lim,
Orachiga — ikki.

Usta, haqini berib qista.

Farosatni befarasotdan o’rgan.

Farosatsiz odamdan til bilmas hayvon yaxshi.

Farosatsiz falokatga yo’liqar.

Filbonga oshna bo’lsang,
Darvozangni katta qil.

Xom tarvuzni qo’litig’ingga olma.

Xom o’rik qorirmi dam qilar,
G’o’r masala — boshni kalava.

Xotin aynisa, er aljiydi.

Chala tentak otini maqtar,
Toza tentak — xotinini.

Chaqirilgan yer uzoq bo’lsa ham bor, erinma,
Chaqirmagan yerga borma, ko’rinma.

Chaqmoq,
Chaqmoqni o’tga almashgan ahmoq.

Chaqmachoq olov yoqar,
Tomga chiqib bitin boqar.

Chillasi chiroq ko’rmaganning
Sochi taroq ko’rmas.

Chiroq soyasini ko’rmas,
Qozon — qorasini.

Chuvrindi gadoyga kular.

«Cho’k» desa, tuya ham cho’kar.

Shamol kuni chaqirma,
Tovushing zoye ketar.

Shamolga qarshi tupurma,
Yuzingga tushar.

Shap-shap deguncha, shaftoh degin.

El keldi kelin ko’rmakka,
Kelin ketdi tezak termakka.

Elakka borgan ayolning
Ellik og’iz gapi bor.

Epi bilan so’zlaganning qurboni bo’l.

Esarning ertasi ko’p.

Esi past uyatni bilmas.

Esi pastning ishi past.

Esing borida etagingni yop.

Etik oyog’ingni qisganda,
Bosh kiyimingdan gapirma.

Eshak buloqni bulg’ab suv ichar.

Eshak yig’ilib ot bo’lmas,
O’z urug’iga yot bo’lmas.

Eshak to’shakni bilmas.

Eshak to’qim tanlamas.

Eshak egasini tanimas,
Mushuk — bekasini.

Eshak eshakdan qolsa, qulog’ini kesar,
Xotin xotindan qolsa, oyog’ini kesar.

Eshak hangramasa, hangi demaslar.

Eshakka atlas to’qim ursang ham, bari bir eshak.

Eshakka gilam to’qim ham bir, juldur to’qim ham.

Eshakni siylasang, oxurni bulg’ar.

Eshakning yomoni qoziq bulg’ar,
Otning yomoni — oxur.

Eshakning tanlagani sho’ra.

Eshakning hangrashi to’yda avjga chiqar.

Eshitmas quloq elni buzar.

Yaxshi kishiga bir so’z kifoya,
Yomon kishiga ming so’z befoyda.

Yaxshi otga — bir qamchi,
Yomon otga — ming qamchi.

Yaxshi otga — siylov,
Yomon otga — qamchi.

Yaxshi payqab gapirar,
Yomon chayqab gapirar.

Yaxshi topib so’zlar,
Yomon — qopib.

Yaxshi hazil go’sht keltirar,
Yomon hazil musht keltirar.

Yaxshi hazil xush bo’lar,
Yomon hazil musht bo’lar.

Yaxshiga aytsang, bilar,
Yomonga aytsang, kular.

Yaxshiga — ishorat,
Yomonga — kaltak.

Yaxshiga hazil qilsang, ipakday bo’lar,
Yomonga hazil qilsang, eshakday bo’lar.

O’git ber, o’git olganga,
Nasihat qil, quloq solganga.

O’z kumochingga kul tortma.

O’z o’rnini bilmagan o’rinsiz qolar.

O’z qadrini bilmagan
O’zga odamga kular.

O’zi bozorga sig’magan tuya
Qo’shani bilan kirar.

O’zing suv ichadigan quduqqa tupurma.

O’zini bilmasang ham, otini bil.

O’zining yirtig’ini ko’rmagan
O’zganing tirtig’idan kular.

O’yidagini tihdan bil.

O’ylagan o’yini aytar,
Uxlagan — tushini.

O’ylamay gapirgan, og’rimay o’lar.

O’ylamay so’zlagan, o’qchimay o’lar.

O’ylamay qilingan turmush
To’ydan keyin buzilar.

O’ylovsiz boshdan tosh yaxshi.

O’ynab aytsang ham, o’yingdagini ayt.

O’n qatim o’yla,
Bir qatim so’yla.

O’rik o’rikni ko’rib oqarar.

O’t bilan o’ynashma,
Shamol bilan mushtlashma.

O’tga borganning o’ttiz og’iz gapi bor.

O’q yetmas yerga qilich chopma.

O’qigan bilmas, uqqan bilar.

O’qigan — yaxshi,

Uqqan — undan ham yaxshi.

O’g’ridan botir chiqsa,
Chodiriga qarab ot qo’yar.

Qadamni qarab bos,
So’zni qarab ayt.

Qari o’ynasa, qiyomat.

Qarg’aga sovun,
Ahmoqqa nasihat kor qilmas.

Qirq yil qirg’in kelsa,
Beo’ylovga baribir.

Qishloqning qozisi bo’lguncha,
Shaharning tozisi bo’l.

Qovoq ekib, qovun kutma.

Qovuni yo’q kuz bo’lganini bilmas,
Sovuni yo’q yoz bo’lganini bilmas.

Quyon bilan o’ynashsang, tolasan,
O’t bilan o’ynashsang, yonasan.

Qui otasini bilmas.

Qui yursa, ensasidan belgili.

Qui qutursa, quduqqa tuflar.

Qulning aqli choshkadan keyin kirar.

Qulochingga qarab ketmon chop.

Qo’l yetmasa, bo’y cho’zma.

Qo’lingni yuvib yur,
Nima yeyishingni bilasan.

Og’zingni tiyib yur,
Nima deyishingni bilasan.

Qo’lingni qarmovda tiy,
Tilingni — yig’inda.

Qo’poldan to’ngak aylansin.

Qo’tir taka qo’ra bulg’ar.

G’alamis yeganini gapirar,
Ahmoq — kiyganini.

G’alchani izzat qilsang,
Chorig’i bilan to’rga chiqar.

Hazil — hazil,
Hazilni tushunmagan kal Fozil.

Hazilni ko’targanga chiqargan.

Hayvonlar ichida ayyori — tulki,
Ma’nisiz g’iybatning oxiri — kulki.

Hayitdan keyin arafa.

Hayronman Shoniyozning ishiga,
Etik sotib, paytava olib yurishiga.

Hamma hamma bilan,
Kal qiz oyna bilan.

Har bir so’zni bilib ayt,
Ko’pga ma’qul qilib ayt.

Har kim o’zidan o’tganini o’zi bilar.

Har kimning bo’yiga qarab to’n bich.

Har kishining didi boshqa,
Har gulning — hidi.

Hech kim o’z ayronini achchiq demas.

Hisobingni to’g’ri qil,
Xotiningni o’g’ri qilma.

Holini bilgan halok bo’lmas.

Holini bilgan horimas,
Horisa ham orimas.

Holini bilmagan halok bo’lar.

Farosat va farosatsizlik haqida maqollar