Ortiqcha pulim bor, qayerga investitsiya qilay?
Javobi oddiy, o’sha pulni qayerdan topding? O’sha yerga investitsiya qil.
Agar o’z biznesingdan topgan bo’lsang o’sha yerga (kengaytirish yoki marketing uchun), biliming orqali topgan bo’lsang bilimingni yanada oshirishiga (kitoblar, treninglar, kurslar), kasbing orqali topgan bo’lsang mahoratingni ko’paytirishga (master klasslar, shogird tushish).
— Nega? Aksiya, bitkoin, tilla, kvartira olib qo’ysam bo’lmaydimi?
— Bo’ladi, lekin puling juda sekin qaytadi. Chunki bu sohalarni sen yaxshi tushunmaysan, sen o’zing tushunadigan sohangga (biznesing, kasbing, hunaring) tiksang barcha risklarni bilganing uchun pulingni qaytishi juda tez bo’ladi.
— Pulni topgan joyimga qaytib tikishni qachon to’xtatsam bo’ladi?
— Yashab turgan joyingda eng katta biznesmen, eng mashhur kadr, yoki eng aqlli mutaxassis bo’lib olguningcha
— Keyinchi?
— O’sha darajaga yetganingda bu savolga o’zing javob bera oladigan bo’lasan.
— Agar pulni korrupsiya, откат yo’llari bilan topgan bo’lsam, unda qayerga tikay?
— Farqi yo’q. Yuqmaydi baribir.
Manba:
Startup
Ortiqcha pulim bor, qayerga investitsiya qilay?