KOʻKNORDOSHLAR

KOʻKNORDOSHLAR

KOʻKNORDOSHLAR (Papaveraceae) – ikki pallali ayrim tojbargli oʻsimliklar oilasi. Koʻpchiligi oʻt. Barglari koʻpincha patsimon, navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan. Gullari yakka yoki toʻpgulda yigʻilgan, aktinomorf, baʼzan zigomorf. Kosachabarglari 2 ta, tojbarglari 4 ta, urugʻchisi 2—4 ta yoki cheksiz, changchisi 2 ta. Koʻknordoshlarning 600 tacha turi bor. Oʻzbekistonda 9 turkumi, 31 turi oʻsadi. Koʻknordoshlarning moyli, opiyli (koʻknor), manzarali va b. turlari mavjud.

Ensiklopediya.uz
KOʻKNORDOSHLAR