KRISTALLOOPTIKA

KRISTALLOOPTIKA

KRISTALLOOPTIKA (kristallar va optika) — optika va kristallografiyaning chegaradosh sohasi; yorugʻlikning kristallarda tarqalishi qonunlarini oʻrganishni oʻz ichiga oladi. Nurning ikkilamchi sinishi, yorugʻlikning qutblanishi, qutblanish tekisligining aylanishi, pleoxroizm va b. K. da tekshiriladigan muhim hodisalar hisoblanadi. X. Gyuygens va O. Frenel yorugʻlikning toʻlqin nazariyasiga asoslanib, Kristallooptikaning asosiy qonunlarini ishlab chiqishgan. Makroskopik elektrodinamika hoz. zamon nazariy Kristallooptikaning asosini tashkil etadi. Kristalldan oʻtayotgan yorugʻlik kugblanadi, yaʼni yorugʻlik nuri tarqalishiga tik tekislikda yotuvchi faqat bir yoʻnalishda tebranadi. Kristallning turli yoʻnalishlarida yorugʻlik nurining sinish koʻrsatkichlari har xil boʻladi. Kristallning har bir yoʻnalishiga mos keluvchi qutblangan yorugʻlik nurining sinish koʻrsatkichi p mikdorlarining geometik shakli kristallning optik xossalarini toʻla ifodalaydi va buni optik indikatrisa deyiladi. Umumiy holda u ellipsoida sirtidan iboratdir. Koordinatalari O nuqtadan boshlanadigan toʻgʻri burchaqli dekart sistemasida joylashgan ellipsoidning bosh oʻklaridagi p ning qiymatlari (px, pu, nz) ni kristallning bosh sindirish koʻrsatkichi, O nuqtasidan oʻtib, ellipsoidning aylanma kesimiga tik toʻgʻri chiziqni esa o p t i k oʻqi deyiladi. Bosh sindirish koʻrsatkichlarining qiymatiga qarab optik izotrop (px=p =nz) va bir oʻqli (px=p *nz) hamda ikki oʻkli anizotrop (pxFpu*pg) kristallarga boʻlinadi. Umumiy holda anizotrop kristallarda yorugʻlik turlicha tezlikka ega boʻlgan ikkita toʻlqin koʻrinishida tarqaladi. Yorugʻlik optik oʻklar boʻylab tarqalgandagiva bu toʻlqinlarning tarqalishi mos keladi.

Ensiklopediya.uz
KRISTALLOOPTIKA